139

Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama etildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi vakili Muzaffar Abduazimov bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Onlayn formatda tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokir Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov ishtirok etdi.

Muloqotda Indoneziyaning turistik salohiyati, hamkorlikda Oʻzbekistonda Ziyorat turizmini rivojlantirish, talaba-yoshlar uchun ikki tomonlama yozgi maktablar (Summer school) loyihalarini joriy etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. 

Bundan tashqari, Indoneziya oliy taʼlim muassasalaridan birida Akademiyaning Turizm kafedrasini tashkil etish, talabalar almashinuvi kabi masalalar haqida so‘z bordi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish