132

Akademiya vakillarining O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yurtimizning Malayziya hamda Indoneziyadagi elchixonasi vakilllari bilan hamkorlik uchrashuvlar o‘tkazilib, unda mazkur davlatlarning turistik salohiyati, hamkorlikda O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari haqida so‘z borgan edi. 

O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov bilan o‘tkazilgan navbatdagi muloqot esa ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

Uchrashuv onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokir Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov ishtirok etdi.

Davra suhbatida Singapurning turistik salohiyati tajribasidan foydalanib, yurtimizda ziyorat turizmini yanada ommalashtirish, talaba-yoshlar uchun ikki tomonlama yozgi maktablar (Summer school) loyihalarini joriy etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. 

Shu bilan birga, kun tartibidan Singapur oliy taʼlim muassasalaridan birida Akademiyaning Turizm kafedrasini tashkil etish, talabalar almashinuvi kabi masalalar o‘rin oldi.

O‘z navbatida O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov mazkur hamkorlik aloqalari har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishini qayd etdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish