158

Hadislarda jinoyatning oldini olishga qaratilgan e’tibor

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Allohga behisob hamdlar boʻlsinki, shunday tinch, osoyishta va imkoniyatlari keng Vatanda hayot kechirmoqdamiz. Qisqa vaqt oraligʻida yurtimizni dunyo tanidi. Buning barchasi yurtimizda olib borilayotgan adolatli, keng koʻlamli islohotlar natijasi va Robbimizning berayotgan barakasi tufaylidir. 

Albatta, islohotlar jamiyatdagi maʼlum kamchiliklarga barham berish, adolat oʻrnatish uchun oʻtkaziladi. Natijada jamiyatda har jihatdan sogʻlom muhit paydo boʻla boshlaydi. Jamiyatimizda yutuqlar bilan bir qatorda koʻplab turli kamchiliklar mavjud ekanini ham inkor qilmasligimiz kerak. Bu kamchilik, nuqsonlarni bartaraf qilish uchun aholi orasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Yana shunday bir vosita borki, agar inson unga amal qilishda mahkam boʻlsa, jamiyat oʻz-oʻzidan ijobiy tomonga oʻzgarib boradi. Bu vosita sunnati nabaviydir. Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan yetib kelgan barcha hadislarning mohiyati, avvalo, jamiyatni yaxshi tomonga oʻzgartirishdir. Bir hadis misolida buni koʻrib chiqsak.

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Menga oʻz nafslaringiz haqidan oltita narsaga kafillik bering, men ham sizlarga jannat kafolatini beraman.

– Soʻzlaganingizda rostini gapiring;

– vaʼdaga vafo qiling;

– omonatni ado eting;

– jinsiy aʼzolaringizni haromdan asrang;

– koʻzingizni (haromga qarashdan) saqlang;

– qoʻllaringizni tiying”. (Bayhaqiy rivoyati)

Eʼtibor berilsa, bu hadisda saqlanishlik maʼnosida sanab oʻtilgan amallar har qanday oʻzini madaniyatli, namunali deb hisoblaydigan jamiyatda ham qoʻllab-quvvatlanadi.

Jamiyat har jihatdan sogʻlom boʻlishi inson oʻzini isloh qilishiga ham bogʻliq. Birgina yuqoridagi hadisni insonlar oʻz hayotiga tadbiq qilishi bilan yashab turgan jamiyatida kuzatilayotgan firibgarlik, tovlamachilik, omonatga xiyonat, faxsh ishlar, oʻgʻrilik va boshqa shu kabi buzuqliklarni isloh qilishligi mumkin boʻladi. 

Demak, biz insonlarga sof sunnatdagi amallarini yetkazsak, yoki oʻz hayotimizga tadbiq qilib namuna boʻlsak, jamiyatimizda hozirda muammoli vaziyat deya taʼkidlanayotgan holatlardan asta-sekin qutilib, maʼdaniy-axloqiy, insoniy jihatdan ijobiy natijalar koʻrsatkichlarini yanada yuqori koʻtargan boʻlar edik.

Nodirbek NISHONOV,

Toshkent islom instituti 3-kurs talabasi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish