146

Janubiy Koreyalik o‘qituvchi ishtirokida mashg‘ulot darsi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Koreyadagi intellektual transport tizimi xavfsizligi” mavzusida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov hamda Janubiy Koreyalik o‘qituvchi, dotsent Byung Vonn Choi hamkorligida tashkil etilgan seminarda Akademiyada faoliyat yuritayotgan JICA volontyori Mori Yasyuki hamda “Axborot xavfsizligini boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Mahorat darsida Byung Voon Choi intellektual transport tizimi xavfsizligi mutaxassisi sifatida katta ilmiy salohiyati, axborot xavfsizligini boshqarish yo‘nalishiga oid boy bilimlari, ko‘p yillik tajriba va yuksak malakasi bilan o‘rtoqlashdi. Axborot texnologiyalari, IT sohasini bugungi kundagi roli, intellektual tizimlarning transport sohasi va xavfsizligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar kabi yirik loyihalarida faol ishtirok etgani haqida tinglovchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, intellektual transport tizimi xavfsizligini ta’minlashda Janubiy Koreya tajribasi va rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot berib, TOPIS – Seoul Transport Operation & Information Service axborot platformasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Toshkentda transport tizimini rivojlantirish va takomillashtirish borasida hamkorlik qilayotgani haqida ma’lumot berdi. 

Talabalarga transport tizimni rivojlantirishda AKTni o‘rni muhimligini alohida ta’kidlab, unda asosan, samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlash orqali erishish mumkinligini, buni amalga oshirishda esa axborot xavfsizligi va tizimlari muhim o‘rin tutushini alohida ta’kidladi. 

Hozirgi kunda koreyalik mutaxassis Byung Voon Choi Toshkent davlat transport universiteti va uni qoshidagi malaka oshirish institutida faoliyat olib bormoqda. Akademiya koreyalik mutaxassisni “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasiga doimiy ravishda jalb qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Byung Voon Choiga murojaat qilishdi. 

Qizg‘in muhokama ostida o‘tgan mahorat darsi talabalar uchun mazmunli va foydali bo‘ldi.

Izoh qoldirish