136

Xalqaro hamkorlik tadbirlari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida Malayziya islom ilmlari universiteti rahbariyati o‘rtasida “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedrasi”ni tashkil etish mavzusida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakili E.Saidov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, Malayziya islom ilmlari universiteti rektori, professor Sharifudin Shaaroniy, prorektor Muhammad Tavfiq Mohd Nur, rektor yordamchisi, doktor Asmadi Haris, Liderlik va menejment fakulteti lektori, professor Muhammad Xairi bin Mahyuddin, huquqiy maslahatchi Yuhani Jamiran, Xalqaro boshqarma direktori Fauziya Hassan ishtirok etdi.

Akademiya prorektori Zokirjon Ro‘ziyev Malayziya islom ilmlari universitetiga yuborilgan taklifni ijobiy qabul qilingani hamda muhokama qilish uchun uchrashuv tashkil etilganidan mamnunligini bildirib, tomonlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishda ahamiyatli ekanini qayd etdi. 

Onlayn uchrashuv davomida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida ziyorat turizmi yo‘nalishida faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or tajriba almashish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda Akademiya kafedrasini tashkil qilish bo‘yicha yuborilgan kelishuv loyihasining har bir moddasini Malayziya tomoniga ma’qul kelgani ta’kidlandi.

Shuningdek, moliyalashtirish masalalari atroflicha o‘rganilgandan so‘ng kelishuv bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqilishiga kelishib olindi. 

Izoh qoldirish