161

Erasmus + dasturi bo‘yicha almashinuv

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Turkiyaning Istambul universiteti o‘rtasida imzolangan Erasmus+KA107 almashinuv dasturi bo‘yicha professor Merve Ozkayal boshchiligidagi delegatsiya Akademiyada mehmon bo‘ldi.

Dastlab delegatsiya a’zolari hamda Akademiya vakillari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, Habibullo Sadibaqosev hamda Olim Astanakulov ishtirokida muloqot o‘tkazildi. 

Akademiya prorektori Zohidjon Islomov mehmonlarga Akademiya faoliyati haqida ma’lumot berdi. Merve Ozkayal tashrifdan mamnunligini va bu hamkorlik ikki ta’lim muassasalari uchun ham manfaat keltirishiga umid bildirdi. 

Shundan so‘ng professor Merve Ozkayal “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi talabalariga ma’ruza darslarini o‘tdi. Merve xonim tomonidan ingliz tilida olib borilgan darslar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘z navbatida Merve Ozkayal talabalarning faolligidan mamnun bo‘lib, kelgusidagi ma’ruzalarda ham talabalar uchun foydali va manbaatli ma’lumotlar berish uchun harakat qilishini bildirdi.

Mehmonlar  darslardan so‘ng Akademiya hududidagi me’moriy obidalar, Manbalar xazinasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Izoh qoldirish