142

“Baxtli oila sirlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Baxtli oila sirlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Saida Rametova ishtirok etdi. 

Samimiy muloqot davomida so‘zga chiqqanlar yurtimizda xotin-qizlarga qaratayotgan e’tibori, yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish haqida so‘z yuritishdi. 

Elimiz ardog‘idagi san’atkor Saida Rametova inson hayoti oiladan boshlanishi, bu yerda u shaxs sifatida shakllanishi, oila – bu sevgi, mehr-muhabbat hurmat va ham jihatlik manbai asosida yetuk jamiyatni barpo etishini qayd etdi.

Oilaning farovonligi mamlakat rivojining o‘lchovi sifatida baholanishi, oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlar rivojini ta’minlovchi, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi maskan ekanligi ta’kidlandi.

Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish