142

Akademiya o‘qituvchisi xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa doktori (PhD) Mo‘minjon Xo‘jayev Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 

Konferensiya “Yangi Qozog‘iston – mamlakat kelajagi” mavzusiga bag‘ishlandi. 

Unda Akademiya vakili “Mirzo Ulug‘bek tasavvuf falsafaga munosabat” mavzusidagi ma’ruzasida Mirzo Ulug‘bek hayoti, ilmiy faoliyati, tasavvuf tariqati haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Maqolada Mirzo Ulug‘bekning tasavvuf haqidagi qarashlari, fikr-mulohazalari aks etadi. Mazkur maqola konferensiya doirasida chop etilgan ilmiy to‘plamdan o‘rin oldi. 

Mo‘minjon Xo‘jayevning ma’ruzasi yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Yakunda Akademiya o‘qituvchisiga mazmunli ishtiroki uchun sertifikat topshirildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish