147

Akademiyada Islom sivilizatsiyasi instituti direktori tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, islomshunos olima, professor Fariza Sham boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Hurmatli mehmonlarni Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev kutib oldi. 

Davra suhbatida Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

Muloqot davomida Fariza Sham mazkur uchrashuvni tashkil etgani uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga minnatdorlik bildirdi. Bir qator yo‘nalishlarda Akademiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflarini ilgari surdi. Islom sivilizatsiyasi instituti va uning ilmiy salohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalar, xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi.

Mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Zohidjon Islomov Malayziyada islom diniga bo‘lgan e’tibor, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yuqori baholab, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirdi.

Samimiy muloqotdan so‘ng islomshunos olima Fariza Sham Akademiya talabalariga “Visiting Professorship” dasturi doirasida mahorat darsi o‘tdi. Qayd etish joiz, Fariza Sham mazkur dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun ko‘ngilli professor sifatida jalb qilingan.

Uchrashuv yakunida Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, islomshunos olima Fariza Sham O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Bu har ikki ta’lim muassasalari uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish