371

Talabalar bilan ijodiy uchrashuv

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, taniqli olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi tadbirlardan biri Akademiya talabalar turar joyida “Vatanimga xizmat qilaman!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Hamida To‘ychiyeva, kafedra professor o‘qituvchilari Matluba Qahhorova, Mo‘minjon Xo‘jayev, Fazilat Qo‘ysinova hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda shoir, adabiyotshunos olim Ja’far Muhammad yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etib, ona yurtimiz sarhadlarini himoya qilish har bir vatandoshimizning sharafli burchi ekanini ta’kidladi. Shoir tomonidan o‘qilgan yurtni madh etuvchi, mardlik va jasurlikni ulug‘lovchi she’rlar yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish