363

Akademiya talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘ldi

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetining “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Sayohat davomida yoshlarga yurtimizda mustaqillik yillarida tariximiz hamda buyuk ajdodlarimiz nomini tiklash, buning yorqin namunasi sifatida bunyod etilgan mazkur muhtasham muzey haqida batafsil ma’lumot berildi.

Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomizning sarkardalik mahorati, Vatanimiz tarixi xususida so‘zlovchi eksponatlar, qadimiy osori-atiqalar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish