358

Innovatsion texnologiyalar parkiga sayohat

Yoshlar orasida innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan IT parkiga sayohat tashkil etildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi 4-bosqich talaba-yoshlari ishtirokidagi sayohatda innovatsion texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi.

Sir emaski, barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Bugungi kun va kelajagimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sohaning yetuk kadrlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Innovatsion texnologilar esa iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning eng qisqa va samarali yo‘li hisoblanadi.

Sayohat davomida IT park mutaxassislari tomonidan sohada e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim jihatlar, startap loyihalarini rivojlantirish, mamlakatdagi innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shuvchi omillar bo‘lib xizmat qilishi haqida talabalarga atroflicha ma'lumot berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish