351

Akademiyada “Baxtli bo‘lish sirlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oila, ayollarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarmoqda. Ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish hayotimizning ma’no-mazmuni, asosiy maqsadiga aylandi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishiga erishish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta’minlash bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Baxtli bo‘lish sirlari” mavzusida seminar o‘tkazildi. “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Akademiya psixologi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Shoira Do‘stmuhamedova, kafedra mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqei, qizlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida faollikni oshirish, ma’naviy fazilatlarini yuksaltirish, milliy tafakkurni shakllantirish kabi masalalar haqida so‘z yuritishdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan trening davomida qizlarning o‘qishi, oilada duch kelayotgan muammolari, ularni bartaraf etish borasida amaliy tavsiyalar berildi. Qizlarning muvaffaqiyatga erishish uchun qanday jihatlarga e’tibor berish kerakligi, ularni ta’lim, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish, qiyin vaziyatlarda psixologik ko‘mak berish borasida maslahat berildi.

Yakunda talabalar mazmunli o‘tgan tadbir uchun ma’ruzachilarga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish