360

Talaba-qizlar sport o‘yinlarida bellashdi

Bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant qizlari o‘rtasida sport bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

“Sport – mardlik va salomatlik garovi” mavzusida tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar sportning mini futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat-shashka hamda arqon tortish kabi turlari bo‘yicha kuch sinashdi.

Murosasiz va qizg‘in kechgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra, stol tennisi, voleybol hamda shaxmat o‘yinlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-qizlari zafar quchishgan bo‘lsa, mini futbol, shashka hamda arqon tortish bellashuvlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlari raqibalariga imkoniyat qoldirmadi.

Yakunda faol ishtiroki uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga tashakkurnoma topshirildi.

Bu kabi do‘stlik sport musobaqalarini muntazam o‘tkazib turish kerakligi, ikki ta’lim muassasa o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish