352

“Inson qalbiga yo‘l” mavzusida trening o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomshunoslik” fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Inson qalbiga yo‘l” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminarda kafedra mudiri Hamida To‘ychiyeva, kafedra professor-o‘qituvchilari Matluba Qahhorova, Fazilat Qo‘ysinova ishtirok etdi.

Treningda so‘zga chiqqanlar yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalari haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Akademiya qoshida ochilgan to‘garaklarga a’zo bo‘lishdi. Yakunda turli interfaol o‘yinlar va qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish