210

2023/2024-o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari e’lon qilindi

✅2023/2024-o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari e’lon qilindi.

🔰RO‘YXAT ⬅️ (MATN USTIGA BOSING).

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha qoidalar:

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish:

🔷mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

🔷o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

🔷xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish:

🔶mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

🔶o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

🔶mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin.

Arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

🔰xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga – my.uzbmb.uz sayti orqali;

🔰respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida – transfer.edu.uz sayti orqali.

Kerakli hujjatlar:

✅ariza (onlayn tarzda);

✅transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);

✅akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Ariza topshirish muddati: 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham).

❗️Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qarori (https://lex.uz/docs/-3244181) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori (https://lex.uz/docs/-6070845) dan olishingiz mumkin.

❗️ESLATMA:

🔷Аkademiyaning “Islomshunoslik”, “Dinshunoslik” va “Jurnalistika: xalqaro jurnalistika” yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabagorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlari bilan birga Akademiya tomonidan ijodiy (kasbiy) imtihon o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish

Izohlar

04.02.2024 02:24
2-semestrdan islom akademiyasiga òqishni kòchirsa bòladimi?
23.01.2024 01:36
Qui exercitationem n
20.01.2024 16:20
Zaproxy alias impedit expedita quisquam pariatur exercitationem. Nemo rerum eveniet dolores rem quia dignissimos.
31.12.2023 02:52
Assalomu alaykum va Rohmatullohi va barokatuh Man 10-sinfda o'qiyman Arab tili fakultetiga shu yildan topshirsam bo'ladimi?
05.12.2023 02:47
Asalomu alaykum meni yoshim 30 da men xam topshirsam boladimi
02.12.2023 21:16
Assalomu alekum 9 sinifdan topshirsam bōladimi
07.11.2023 19:13
Ассалому алейкум мен Самарканд Давлат университетида укийман математика факультети кандей килиб кучирсам булади
24.08.2023 02:07
Assalomu alaykum, men imtiyoz bo'yicha PQ 4212 imtiyozim bor,75.90 ball oldim. O'qishga tavsiya etilmadim,nima qilsam bdi,turizm yo'nalishiga
11.08.2023 23:22
Assalomu alaykum yuridik texnikumlarni qabuliga oid savollarni qachon joylesizlar
31.07.2023 18:04
a
21.07.2023 16:12
Assalomu aleykum man sirtqi bo‘limga hujjat topshirmoqchidim
18.07.2023 14:29
Assalomu alaykum uqishga kersa uqish qayerda buladi xorijdami uzbekistondami