333

Davra suhbati mazmunli o‘tdi

Davlatimiz rahbarining 2020-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida aks etgan asosiy g‘oya va takliflari hamda 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ishlab chiqildi. Shu maqsadda joylarda jamoatchilik vakillari ishtirokida turli davra suhbatlari, bahs-munozaralar, ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etildi.

ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda “Islomshunoslik” fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Mazkur dastur loyihasi 276 ta banddan iborat bo‘lib, 10 kun mobaynida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Bu muddat davomida joriy yilgi Davlat dasturi fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda yanada takomillashtiriladi.

Muhokamalar davomida ishtirokchilarning barcha fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Mazkur dastur loyihasi haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish