377

Yevroosiyo milliy universiteti bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, xorijlik nufuzli professor-o‘qituvchilarni o‘quv dasturlariga jalb qilish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy arab tilining ijtimoiy-madaniy jihatlari” mavzusida onlayn o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

“O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi hamda Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti “Xalqaro aloqalar” fakulteti “Sharqshunoslik” kafedrasi tomonidan akademik almashinuv doirasida tashkil etilgan seminarda professor Samar Tuyelubayeva mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan davra suhbatida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Seminar davomida yoshlarga zamonaviy arab tilini o‘qitishda qanday jihatlarga e’tibor berish, mazkur tilning ijtimoiy-madaniy jihatlari haqida so‘z bordi. Mavzu yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. Ularga kerakli tavsiyalar berildi. Mazmunli o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan ma’ruzachiga murojaat qilishdi.

Yakunda mutasaddilar bu kabi onlayn video mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish