129

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov ma’ruza qildi. 

Uchrashuvda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida so‘z yuritildi.

Darhaqiqat, korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan mamlakat yuksalishiga raxna soladi. Bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tinglovchilarga mavzu bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.

Muxtasar aytganda, korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan mamlakat yuksalishiga raxna soladi. Bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish