99

E’LON

2023-yil 20-sentabrda Qozog‘istonning Ostona shahrida “Bobek” milliy harakati birlashmasi va Qozog‘iston olimlari kongressi tomonidan “GLOBAL FAN VA INNOVATSIYALAR-2023: MARKAZIY OSIYO” XX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun maqolalar tanlovi e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.

Tanlovda o‘qituvchilar, doktarantlar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Mazkur tashkilotchilar ishtirokchilardan ilmiy xalqaro jurnalda nashr etish uchun fizika-matematika, kimyo, biologiya, texnika, qishloq xo‘jaligi, tarix, arxeologiya, iqtisodiyot, falsafa, filologiya, huquq, pedagogika, tibbiyot, san’at, psixologiya va boshqa fan sohalari bo‘yicha maqolalar taqdim etishlari so‘ralgan.

Batafsil ma’lumot olish uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat etishingiz mumkin.

Konferensiya jurnalida maqola nashr etish $10 AQSh dollari. 

Maqolalar topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 15-sentabr.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish