95

Shvetsiyaning Syodertyorn universiteti ilmiy tadqiqotchilar uchun grantlar tanlovini e’lon qildi

Shvetsiyadagi Syodertyorn universitetining Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropa tadqiqotlari jamg‘armasi tomonidan ilmiy tadqiqotchilar uchun grantlar tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur grantlarga Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropa mamlakatlari tadqiqotchilari ariza topshirishlari mumkin. Bunda o‘zbekistonlik izlanuvchilar yuqoridagi davlatlar tadqiqotchilari bilan 3-4 kishilik guruhlarga qo‘shilish orqali ushbu grantlarda qatnashishlari mumkin.

Shu bilan birga, Syodertyorn universiteti Sharqiy Yevropa tadqiqotlari markazi tomonidan 2023-yil 23-24-noyabr kunlari “CBEES Annual Conference 2023: The War and Its Effects” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etiladi.

Mazkur konferensiyada ishtirok etish bilan bog‘liq mehmonxona xarajatlari tashkilotchilar tomonidan, qolgan barcha xarajatlar tashrif buyuruvchilar tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish