103

Sobiq bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur oliy ta’lim muassasasining sobiq bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi hamda “Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi” hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Akademiyaning sobiq bitiruvchilaridan bo‘lgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Vaqf” xayriya jamoat fondining rahbar xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida sobiq bitiruvchilar talabalik davrlari, bugungi kunda Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritishdi. Hayotiy tajribalar bilan o‘rtoqlashishdi. Talabalarning kelgusidagi rejalari tinglandi. 

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish