121

Navbatdagi binar dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmanov tomonidan 2-kurs “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi talabalari uchun “Kompyuter kriminalistikasi” fani doirasida navbatdagi binar dars tashkil etildi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ichlar vazirligi akademiyasi “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Madrasilla Kamalov va Baxtiyor Shixovlar ishtirok etdi. 

Binar dars fan doirasidagi “Ma’lumotlarni tiklash. Kriminalistik tadqiqotlarning asosiy prinsiplari” mavzusida tashkil etildi. 



Binar darsda ma’lumotlar HDD va SSD disklarda qanday saqlanishi tushuntirildi, bu ma’lumotlarni qayta tiklashda muhim ekanligini ta’kidlab o‘tib, buzilgan ma’lumotlarni qayta tiklash, “Yopiq” ma’lumotlarni qayta tiklash, ma’lumotlarni saqlash tizimidan qayta tiklash va ma’lumotlarni saqlashning turli texnologiyalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

“Ichki ichlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlarni tiklashda ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar imkoniyatlarini ko‘rsatib berishdi. Binar darsda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shuningdek, ushbu dars uchun taqdim etilgan materiallar hemis.iiau.uz va masofaviy ta’lim oluvchilar talabalar uchun lms.iiau.uz  platformalariga joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ichlar vazirligi akademiyasi bilan kelajakda bunday ishlarni davom ettirish hamda hamkorlikni ikki tomonlama yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish