103

Akademiyaning “Yosh psixologlar” jamoasi intellektual tanlovda sovrindor bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida respublika oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalari talaba va kursantlari o‘rtasida “Psixologiya bilimdoni” intellektual tanlovi o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Yosh psixologlar” jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Quvonarlisi, tanlovda Akademiyaning “Yosh psixologlar” jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.             

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi talabalarning mazkur yutuqlari bilan muborakbod etadi. Ularning o‘qish va kelgusidagi faoliyatlariga omad tilaydi.

Izoh qoldirish