169

O‘zbekistonda yangi iqtisodiy islohotlar sharoitida ziyorat turizmini rivojlantirish: muammolar va istiqbollar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekistonda yangi iqtisodiy islohotlar sharoitida ziyorat turizmini rivojlantirish: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda ziyorat turizmini yanada rivojlantirish masalalari haqida so‘z bordi.

Konferensiyani Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berib, turizm rivojlanishining xalq farovonligini oshirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi. 

Kun tartibiga binoan anjumanda Akademiya prorektorlari, dekanlari va kafedra a’zolari hamda Indoneziyaning Valisongo Semarang davlat islom universiteti, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Misr, Rossiya Federatsiyasidan kelgan soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. 

Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmni” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan Nurislom Tuxliyev, Olim Astanakulov, “Turizm (ziyorat)” turizmni 2-bosqich talabasi Shahlo Maksudovalar so‘zga chiqdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yig‘ilishida O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish omillari va imkoniyatlari, Bo‘stonliq tumani muqaddas qadamjo va ziyoratgohlari, O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanishi sharoitida Volgabo‘yi va O‘rta Osiyo o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, Autsorsing innovatsion metodlarni jalb qilish asosida ziyorat turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi, Misrdagi diniy turizmning dinamikasi va ta’sirini o‘rganishni ahamiyati, Indoneziyaning ziyorat turizmi salohiyatini o‘rganish: imkoniyatlar va muammolar, O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda Misr tajribasidan foydalanish mavzularida ma’ruzalar tinglandi. 

Konferensiyada ziyorat turizmini rivojlantirishning ilmiy-nazariy muammolari, ziyorat turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi, O‘zbekiston ziyorat turizmi salohiyatidan samarali foydalanish masalalari, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va ilmiy-amaliy takliflar umumlashtirildi. 

Konferensiya yakunida hamkor tashkilotlardan ishtirok etgan olim va mutaxassislarga ilmiy va amaliy hamkorlik qilayotganligi uchun minnatdorlik bildirildi.

Izoh qoldirish