397

"O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari" nomli majmuaning navbatdagi jildlari nashr etildi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan "O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari" nomli 100 jildlik majmuaning navbatdagi 16-17-18-jildlari nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Fanlar akademiyasi maʼlumotiga ko‘ra, hozirgi kunda 19-20 jildlar nashrdan chiqish arafasida.

Ushbu nashrning 59 jildi dostonlar, 10 jildi xalq qo‘shiqlari, 12 jildi ertaklar, qolgan jildlar esa terma, afsona, rivoyat, naql, maqol, topishmoq, askiya, lof, latifa, og‘zaki drama, bolalar folklori va boshqa janrlarni o‘z ichiga oladi.

O‘zbek folklorshunosligi tarixida ilk bor nashrga tayyorlanayotgan ushbu 100 jildlik nashr keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ladi. Va yana ming asrlar davomida kelajak avlod tarixiy qadriyatlarimiz, o‘lmas maʼnaviyatimiz haqida to‘la tasavvur va bilimga ega bo‘lishiga muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish