318

Shoir Ogahiy haqida film yaratiladi

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan shoir, tarixchi va tarjimon Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy haqida hujjatli film suratga olinadi.

“Ogahiy” filmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan suratga olinmoqda. Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri. Ssenariy muallifi Goʻzaloy Matyoqubova, postanovkachi rejissyor Murodjon Odilov.

Hozirgi kunda film ijodkorlari tayyorgarlik jarayonlari uchun Xorazm viloyati Xiva shahriga safar qilishgan. Ijodiy guruh ishni Ogahiy qabrini ziyorat qilishdan boshlashdi.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish