359

Qo‘mita raisi Malaka oshirish markazi o‘quvlarida qatnashayotgan imom-xatiblar bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 18-30-yanvar kunlari respublikada faoliyat olib borayotgan bosh imom-xatiblar uchun 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda. “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” yo‘nalishida davom etayotgan mashg‘ulotlarda 214 nafar tinglovchi ishtirok etyapti.

Darslarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan yetakchi professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar jalb etilgan.

Bugun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Axmedov markazda tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va bosh imom-xatiblar bilan muloqot qilish maqsadida Markazga tashrif buyurdi.

Qizg‘in va samimiy muloqotda Abdug‘ofur Axmedov respublikamizda jaholatga qarshi ma’rifat, diniy-ijtimoiy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash ishlarini tubdan yaxshilash jarayoni ketayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, yoshlar masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlari va ularda belgilangan yo‘nalishlardagi muhim vazifalarning amaliyotga tatbiq etilishi borasida soha xodimlarining roli kabi muhim mavzularga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tinglovchilarga malaka oshirish o‘quvlarini tashkil etilishi, o‘tilgan mavzular mazmuni, o‘quv jarayonida foydalanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiya yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

So‘zga chiqqanlar imom-xatiblarning jamiyat ijtimoiy hayotidagi rolini yanada oshirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, yosh avlod kamolotida zarur bo‘lgan ma’naviy tarbiya vositalarini xalqqa yetkazish, o‘z faoliyatlarini tashkil etishda hududdagi ijtimoiy masalalardan kelib chiqqan holda belgilash kabi masalalar haqida so‘z yuritishdi.

Uchrashuv yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish