109

Madhiya – mustaqillik timsoli

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi mamlakatimiz suverenitetining ramzlaridan biridir. 1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Qonunda madhiyamizga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qo‘yilgan.                                                                     

Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillari” kafedrasi tomonidan “Madhiya – mustaqillik timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “Chet tillari” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova, kafedra o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Talaba va professor o'qituvchilar ishtirokidagi tadbirning maqsadi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirish, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida madhiyamiz muhim tarbiyaviy vosita ekanligini targ'ib etishdan iborat.

So‘zga chiqqanlar tomonidan davlat ramzlariga hurmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilinishiga oid ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish