130

Davlat ramzlari – mustaqillik tayanchi

Joriy haftada mamlakatimiz mustaqilligining ramzlari – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlandi. 

Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham sana munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rify tadbirlar, soha ekspertlari ishtirokida turli davra suhbatlari o‘tkazildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan sana arafasida o‘quv darslari madhiya sadolari ostida boshlandi. O‘qituvchi va talabalar tomonidan ijro etildi.

Shuningdek, “Chet tillari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Madhiya – mustaqillik timsoli” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham ana shunday tadbirlardan biri bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “Chet tillari” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova, kafedra o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Talaba va professor o'qituvchilar ishtirokidagi tadbirning maqsadi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirish, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida madhiyamiz muhim tarbiyaviy vosita ekanligini targ'ib etishdan iborat.

So‘zga chiqqanlar tomonidan davlat ramzlariga hurmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilinishiga oid ma’lumotlar berildi.

Madhiya mamlakatimiz suverenitetining ramzlaridan biridir. 1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Qonunda madhiyamizga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qo‘yilgan.

Izoh qoldirish