129

Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasida qadriyatlarning o‘rni

Yurtimizda yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Yigit-qizlarimiz barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun maʼnaviy tarbiyaga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qabul qilinayotgan turli qaror va farmonlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar, amaliy ishlar natijasida farzandlarimiz barcha sohalarda muvaffaqiyatga erishishmoqda.

Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasida qadriyatlarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mumtoz sharq filologiyasi hamda fakultetning “Yosh olimlar klubi” hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respubliaksi Iqtisodiyot va moliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” Obiddin Mahmudov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Anjumanda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiya qilish muhim ekanini ta’kidlandi. Xususan, bu borada tarbiya oiladan boshlanishi, oila ma`naviy olami o`zaro hurmat, qadrlash, hamkorlik, murosasozlik, mehribonlik, rahmdillik, mehr-oqibat, sabr-bardoshlilik, olijanoblik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassamlashtirishi muhim ekani qayd etildi. 

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish