68

Talabalar o‘rtasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbirda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Bahodir Daminov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimlari – Akbarshoh Rasulov hamda Isomiddin Ahrorov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda Akademiyaning turli ta’lim yo‘nalishlaridan jami 96 nafar talabadan iborat 24 ta guruh qatnashdi.

Musobaqa 1-shart (saralash testi) bo‘lib, bu shartda 6 ta guruh saralab olindi. Shundan so‘ng 2-shart (blits savol-javob), 3-shart (atama va rasmlarni sharhlash) hamda 4-shart (ijodiy ish) – Dinshunoslikka oid dolzarb mavzuda ikki daqiqalik videorolik taqdimot qilindi.

Tanlov yakunida 3-o‘rinni “Turkiston” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘ringa “Furqon” jamoasi sazovor bo‘ldi. G‘oliblik esa “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Shahristoniy izdoshlari” jamoasiga nasib etdi. 

Yakunda g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

 

Izoh qoldirish