186

Bir asrdan ortiq tarixga ega qutlug‘ ma’rifat maskaniga tashrif

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Ne’matullo Nasrullayev va katta o‘qituvchi Saidahmadxon G‘aybullayev boshchiligida Islomshunoslik fakulteti “Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi)” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari “Turon” axborot-kutubxona markazida bo‘lishdi.

Talabalar tashrif davomida kutubxona bo’limlari va turli ko‘rgazma zallar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, markaz fondidagi 1918-1950-yilgacha bo‘lgan nodir gazeta va jurnallar, ulardagi ayrim maqolalarni bevosita o‘qib-o‘rganish, hamda Abdulla Qodiriy media-muzey eksponatlari bilan tanishish talabalarda katta taassurot qoldirdi. 

Shuningdek, talabalarning keyinchalik ish faoliyatlarini ushbu kutubxonada olib borish bilan bog‘liq savollariga markaz xodimlari tomonidan javob berildi.

O‘tgan asrning 20-yillaridayoq jahonga nomi taralgan obro‘li madaniyat maskaniga aylangan “Turon” kutubxonasi keyinchalik o‘z holiga tashlab qo‘yilgan edi. Mustaqillik yillarida markaz o‘zining ikkinchi hayotini boshladi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, 2019-yil 26-dekabrda hamma qulay sharoitga ega zamonaviy yangi binosi foydalinishga topshirildi. Bu tarixiy voqea bir kompleksda joylashgan Аbdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyining ochilishi bilan bir kunda yuz berdi.

“Turon” axborot-kutubxona markazi universal mazmundagi 388,9 ming nusxadan ortiq kitob jamg‘armasi, shu jumladan, 84,2 ming nusxa o‘zbek tilida, 1918-yildan buyon nashr qilingan gazetalar jamg‘armasi, chop etilayotgan 70 ga yaqin davriy nashrlarga egalik qiladi.  

Ekskursiya talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Izoh qoldirish