73

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Akademiya talabalar turar joyiga sovg‘alar topshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyi ixtiyoriga 2 dona muzlatkich va 2 dona kir yuvish mashinasi sovg‘a qilindi.

Mazkur marosimda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari Isoxon Abdullayev, Akademiya xodimlari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar xayr va saxovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajr-u savobga sazovor etishi haqida ta’kidlashdi.

Tadbirda talabalar mazkur sovg‘alar uchun minnatdorlik bildirishdi.

Izoh qoldirish