73

Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi tashakkurnoma bilan taqdirlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida shahar hokimi Shavkat Umurzakov hamda bir guruh yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida Toshkentning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bir nechta yoshlarga tegishli amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ayrim faol yoshlar yetakchilariga Toshkent shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Jumladan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov Toshkent shahar hokimi hamda Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Izoh qoldirish