68

Akademiya magistri “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritdi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi natijalarini eʼlon qildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 119 nafar yigit-qiz “Jamg‘arma stipendiati” deb eʼtirof etildi.

Quvonarlisi, ularning safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Mumtozaposhsho Qurbonova ham bor.

Akademiya magistranti “Biznes va boshqaruv” ta’lim sohasi bo‘yicha Shotlandiyaning Dandi universitetida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 

Universitet 1881-yilda St.Andrews universitetining kolleji sifatida Shotlandiyada asos solinib, 1967-yilda mustaqil ravishda faoliyatini boshlagan. 

Dandi universitetida 2022-yil maʼlumotlariga koʻra, 18 100 nafar talaba tahsil olib, 1 ming 445 nafar oʻqituvchi-professor faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda universitet 8 ta akademik maktabdan tashkil topgan. Ularning har biri esa oʻz navbatida tadqiqot mazkazlari va boʻlinmalarini (46 ta) oʻz ichiga oladi.

Dandi universiteti Times Higher Education jahon universitetlari reytingida 2023-yilda TOP-250 talik universitetlar roʻyxatiga kiritilgan. 

CWTS Leiden reytingida 2022-yilda eng koʻp iqtiboslari keltirilgan nashriyotlari yoʻnalishida dunyo boʻyicha 34 chi oʻrinni egallagan. 

Dandi Biznes maktabidagi (School of Business) universitetida magistratura bosqichi Islom moliya mutaxassisligi (MSc Islamic Finance) Al-Maqtum kolleji (Al-Maktoum college) bilan hamkorlikda ochilgan boʻlib, barcha Islom moliyasiga doir fanlar  Al Maqtum professorlari tomonidan, umum-iqtisodiy fanlar Dandi professorlari tomonidan oʻqitiladi.

Akademiya rahbariyati va jamoasi Mumtozaposhsho Qurbonovaning mazkur yutug‘i bilan chin yurakdan muborakbod etib, uning kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.

Izoh qoldirish