179

Dolzarb mavzularda davra suhbatlari o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yilning 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. 

Davlatimiz rahbarining “Maʼnaviyat boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak” nomli maʼruzasining mazmun-mohiyatini keng targʻib etish maqsadida “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” hamda “Ilm-fan, taʼlim-tarbiya va maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir” mavzularida oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Oʻquv mashgʻulotida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi professori Ilhom Bekmirzayev hamda Saidafzal Saidjalolov ma'ruza qildi.

XX asr boshlarida xalqimizni ozodlik va ilm-maʼrifat uchun kurashga chorlagan jadid bobolarimiz diniy ilmlar birga birga dunyoviy ilmlarni ham o‘rganishimiz zarurligini ta'kidlashgani haqida so‘z yuritishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati va ahamiyati, har bir fuqaro ilm-fan, maʼnaviyat-maʼrifat masalalariga jiddiy eʼtibor berishi davr talabi ekani, turli buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan yosh avlodni asrashga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidlashdi.

Shuningdek, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedra professori Matluba Qahhorova va Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Munira Kaxarovalar tomonidan “Maʼnaviy taraqqiyot strategiyasi” mavzusida oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.  Ma'ruzachilar soʻnggi yillarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga alohida eʼtibor qaratilayotgani, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishidan biriga aylatirilgani haqida batafsil gapirib oʻtishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu darslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish