129

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Sana munosabati bilan Toshkent xalqaro taʼlim universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bo‘lim boshlig‘i, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Munira Qahhorova ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Akademiya vakili soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda harbiy-siyosiy sohada amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida yurtimiz xavfsizligi va tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir, zamonaviy, eng yangi qurol-yarogʻlar va harbiy texnika bilan taʼminlangan, mutlaqo yangi milliy armiya vujudga kelganini ta’kidladi.

Milliy armiyamiz, uning yurtimiz tinchligini muhofaza etishdagi oʻrni va bugungi dorilamon kunlarning qadriga yetishga barchamiz masʼul ekanimiz haqida fikr bildirdi.

Izoh qoldirish