113

Mahmudxo‘ja Behbudiy – ma’rifat va ta’lim fidoyisi

Keyingi yillarda Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda bugun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali yonida adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. 

“Mahmudxo‘ja Behbudiy – ma’rifat va ta’lim fidoyisi” mavzusidagi tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Adabiy uchrashuv davomida talabalar tomonidan adib ijodiga bog‘liq qator mavzular bo‘yicha suhbatlashildi. Ma’rifatparvar ijodini o‘rganish borasidagi ilmiy tadqiqotlar mavzularida to‘plangan qimmatli ma’lumotlar o‘rtoqlashildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish