95

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti maqomi to‘g‘risidagi sertifikat topshirildi

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Davlat akkreditatsiyasidan o‘tganlik to‘g‘risida yana bir sertifikat topshirildi.

Mazkur hujjat O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining davlat oliy ta’lim muassasasi sifatida oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti maqomi sifatida faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

Bitiruvchilarga mazkur sertifikatga ilovaga muvofiq ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va dasturlari, bosqichlari, ixtisosliklar, kurslar va kasblar bo‘yicha davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risida hujjatlar berish huquqini kafolatlaydi.

Ushbu natija bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalarni muborakbod etadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish