87

Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Ayni paytda Akademiya talabalari malakaviy amaliyotini respublikamizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tamoqda. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Shayxontohur tumani IIBB Probatsiya bo‘limi, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Toshkent shahridagi “INSIGHT” psixologik markazi, Fido-Biznes kompaniyasi va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyot bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish