46

Akademiyada Toshkent shahar bosh imom-xatibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Abduqahhor domla Yunusov talabalarga ilmning fazilati, ustozning etagidan mahkam tutish va turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik toʻgʻrisida maʼruza qildi.

– Islom dini jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishga buyuradi. “Ilm” soʻzi Qurʼoni karimda 811-marta turli maʼnolarda zikr etilgan. Qurʼon soʻzining bir maʼnosi “oʻqish” demakdir. Shu buyruqqa amal qilgan ajdodlarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Margʻinoniy, Beruniy, Xorazmiy, Fargʻoniy, Navoiylar jahon ilm-faniga beqiyos hissa qoʻshib, bizga bebaho maʼnaviy meros qoldirishdi.

Kitob – xazina. Maʼnaviy olamimizni bu xazina injulari bilan bezash oʻz qoʻlimizda. Mutolaaga hamroh insonni esa qoʻlida mashʼala koʻtargan shaxsdek tasavvur qilish kerak. U nafaqat oʻzining, balki yaqinlarining ham yoʻlini yoritadi.

Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan Abduqahhor domlaga murojaat qilib, savollariga atroflicha javoblar oldilar.

Tadbir yakunida Abduqahhor domla Yunusov hamda Toshkent shahar bosh imom-xatibi oʻrinbosari Abdulloh domla Yoʻldoshev talabalarga esdalik sovg‘asi topshirdi.

Izoh qoldirish