35

Talabalarning malakaviy amaliyoti davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining uchun malakaviy amaliyot davom etmoqda. Ayni paytda Akademiya talabalari malakaviy amaliyotini respublikamizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tamoqda. 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatining Toshkent shahridagi boʻlinmalari va guruhlarida, Business Lawyers Group advokatlik firmasi, Grand ta’lim “Bilag‘on bolajon” va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyotlar bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish