48

“Radikal toifa: soxta salafiylar tahdidi” mavzusidagi insholar tanlovining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba yoshlari oʻrtasida 2024-yilning 1-yanvaridan 20-yanvariga qadar “Radikal toifa: soxta salafiylar tahdidi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Bugun mazkur tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Chinakam vatanparvar va fidoyi talabalarimiz ishtirok etgan ushbu tanlovning gʻoliblari Akademiya rektori tomonidan taqdirlandi. 

Tanlovga topshirilgan insholari orasidan 8 ta ijodiy ish tanlab olinib, ikkinchi bosqichda mazkur insholarning taqdimoti qilindi. Tanlov komissiyasi tomonidan uch nafar talaba mos ravishda uch oʻringa loyiq topildi. 

3-oʻrin Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Sevinch Neʼmatovaga, 2-oʻrin esa Islomshunoslik yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Maʼrufjon Raximovga nasib etgan bo‘lsa, 1-oʻringa Islomshunoslik magistratura mutaxassisligining 1-bosqich talabasi Durdona Asadullayeva loyiq deb topildi. 

Tanlov g‘olibasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi” tomonidan zamonaviy planshet topshirildi. 

Boshqa sovrindor talabalar esdalik sovgʻalari hamda sertifikatlar topshirildi.

Taqdirlangan talabalarning barchasi “Maʼrifatparvarlar” klubiga aʼzo sifatida koʻkrak nishonlari taqdim etildi. 

Izoh qoldirish