133

Oʻzbek milliy davlatchiligi shakllanishining tarixiy asoslari

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbek milliy davlatchiligi shakllanishining tarixiy asoslari” mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Maʼrifatparvarlar klubi” doirasida o‘tkazildi.

Davra suhbatida xalqaro miqyosdagi olimlar va ekspertlar – Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti professori, tarix fanlari doktori Oʻktam Mavlonov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Gʻaybulla Boboyorov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻqituvchisi Sherzod Ziyayev ishtirok etishdi. 

Olimlar oʻz taqdimotlarida Oʻzbekiston hududida davlatchilikning 3 ming yilliy tarixiy ildizlarini asoslab berib, bu borada oʻzbek xalqining global va mintaqaviy darajadagi sivilizatsiyalar yuzaga kelishida tutgan oʻrni qiziqarli va kerakli maʼlumotlar bilan tushuntirib berishdi. Akademiya talabalarining milliy davlatchilik tarixini oʻrganishlari va ushbu yoʻnalishda aniq faktlarga asoslanishlari chetdan boʻladigan turli noilmiy mafkuraviy xurujlarga qarshi turishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab oʻtildi. 

Davra suhbati yakunida ekspertlar talabalarni qiziqtirgan mavzuga oid savollarga javob berishdi.

Izoh qoldirish