60

Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-2-kurs talabalari uchun 2023/2024-o‘quv yilining kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova Akademiyaning ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, ustozlarga bo‘lgan hurmat masalalarida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, Masofaviy va sirtqi bo‘lim boshlig‘i Suxrob Xidirov kuzgi semestr yakuni va keyingi semestr o‘quv jarayoni bo‘yicha barcha ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Tadbirda mehmon san’atkorlar chiqishlari namoyish etildi.

Yakunda faol talabalar Akademiya rektorining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Izoh qoldirish