56

Talabalar uchun Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tyutori Maqsud Palvanov tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Tashrif davomida “Axborot xavfsizligini boshqarish” yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda talabalar buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning ijodi, avlodlarga qoldirgan boy adabiy merosi va hayot yoʻli, muzeydagi nodir eksponatlar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Izoh qoldirish