48

Talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muntazam tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinadi. Ana shunday muloqotlardan biri Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Donoxon Qalandarova, Iqtidorlar talabalar bilan ishlash sektori xodimi Xusniddin Xolmatov qatnashdilar.

Akademiya prorektori Zohidjon Islomov bugungi kunda yoshlarning taʼlim va taraqqiyotga intilishini qoʻllab-quvvatlash, keng fikr va dunyoqarashga ega kadrlar sifatida kamol topishini taʼminlash dolzarb masala ekanini qayd etdi.

Fakultet talabalarining erishayotgan yutuqlari, shuningdek, eʼtiborga molik jihatlar, muhokama qilindi. 

Iqtidorsiz talaba bo‘lmaydi. Faqat uning qiziqishi va saohiyatini kerakli manzil tomon yo‘naltirish zarurligi so‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlandi.

Ochiq muloqotda qizgʻin savol-javoblar orqali fikrlar almashinildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish