109

Mening sevimli kitobim

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mening sevimli kitobim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Mazkur tadbir Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti Xotin-qizlar boʻyicha maslahatchisi, dotsent Mavluda Xodjayevaning tashabbusi hamda fakultet professor-oʻqituvchilari – Gulnora Gʻulomova va Nilufar Botirovalar bilan birgalikda tashkil etildi.

Davra suhbatida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza Shoaliyeva, Xotin-qizlar boʻlimi uslubchisi Dildora Nishanova, tyutorlar hamda fakultetning ayol professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda o‘qituvchilar kitob oʻqish madaniyati va hayotimizda kitobning oʻrni haqida talaba qizlarga soʻzlab berishdi. Shuningdek, fakultet qizlari oʻzlarining sevimli kitoblari hamda ushbu kitobdan olgan foydalari haqida oʻrtoqlashishdi.

Davra suhbati yakunida qizlar bilan savol-javob tarzida “Kitobxonlik” boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. 

Gʻoliblarga oʻz sohalariga oid kitoblar sovgʻa qilindi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish