40

Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugungi kunda global axborot maydonida kiber makon bilan bogʻliq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Shu bois, kiberjinoyatlar, firibgarlarning tuzog‘iga tushishdan aholi, ayniqda, yoshlarni himoya qilish, talabalarda sog‘lom immunitetni shakllantirish zarur.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ehtiyot bo‘ling, internetda firibgarlar!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi mayori Rustam Soliyev, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi podpolkovnigi Sherzod Qodirov, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi katta leytenanti Sohibjon Turdiyev, fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov olib bordi.

Akademiya rektori internet firibgarliklarning zamirida nima yotganligi, bunda Internet foydalanuvchilarining oʻzlari ham sababchi boʻlib borayotganligi, oddiygina ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish etikasini bilmasligi natijasida internet firibgarliklari vujudga kelayotganini aytib oʻtdi. 

Davra suhbatida hozirgi vaqtda internetda paydo boʻlayotgan firibgarlik muhokama qilindi. Unda so‘zga chiqqanlar hozirgi kunda kiberjinoyatchilikning turlari ortib borayotgani, bu illatdan himoyalanish, uning jabrlanuvchisiga aylanib qolmaslik, internet savodxonligini oshirish, axborot xurujlariga nisbatan immunitetni shakllantirish bo‘yicha talaba-yoshlarga maslahatlar berdilar.

Soxta ma’lumot va axborotlar, yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish